Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Po‘lat Bobojonovga shikoyatlarga to‘la navbatdagi videomurojaat yo‘llandi

Po‘lat Bobojonovga shikoyatlarga to‘la navbatdagi videomurojaat yo‘llandi

Foto: Skrinshot

Bu safargi video murojaat egasi Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPB profilaktika inspektori, katta leytenant Otabayev Sardorbek Mirzamurod o‘g‘li.

Sardorbek 2011-2015-yillarda IIV akademiyasida o‘qigan, oliy ma’lumotli huquqshunos.

Video Ichki Ishlar Vaziri Po‘lat Bobojonovga murojaat shaklida tayyorlangan.

Katta leytenant Otabayev o‘z video murojaatida Namangan shahar IIB, 2-sonli IIB da sodir bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan shikoyat qilgan.

Unda aytilishicha, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB rahbari qo‘l ostidagi profilaktika inspektorlariga har kuni 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzish, bir yilda 2 ta ma’muriy nazorat o‘rnatish kabi noqonuniy talablarni reja qilib belgilab bergan. Bu rejalarni bajarmagan xodimlarga ishdan haydalish tahdidi qilingan. Yoki HPB boshlig‘iga 50 AQSh dollari berilsa, reja bajarilgan deb belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, kadrlar bo‘limi boshlig‘i doimiy ravishda noqonuniy tarzda xufiyona xizmat tekshiruvlarini o‘tkazib keladi. Tartib bo‘yicha bir xodim rahbarlik lavozimida 5 yildan ortiq ishlashi mumkin bo‘lmasa-da, mayor qo‘l ostida bir shaxs 10 yildan beri ishlab kelmoqda.

Shahar IIB boshlig‘i mahalliychilikka yo‘l qo‘yib asosiy rahbarlik lavozimlariga o‘zining hamqishloqlari va yaqin tanishlarini tayinlab qo‘ygan.

Katta leytenant Otabayev video murojaatda aytishicha, profilaktika inspektorlariga bir oy davomida 15 tadan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik, jarima miqdori 270 ming so‘mdan 810 minggacha yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzish majburiy reja qilib qo‘yilgan. Bundan oddiy aholiga shuncha jarima solaverishdan profilaktika inspektorlarining vijdonlari qiynaladi. Lekin yuqoridan kelgan buyruq sababli majbur qilishadi.

Agar majburiy yuklama bajarilmasa, rahbarlardan kurakda turmaydigan, o‘ta yomon haqoratlar eshitishadi.

Qachongacha profilaktika inspektorlari hududiy rahbarlarning yuqori rahbariyatga yaxshi ko‘rinish uchun qilayotgan harakatlari sababli oddiy xalq ko‘z o‘ngida dushman sifatida ko‘rinadi, deyiladi xabarda.

Qaysidir xodim haqqini talab qilsa, bosim qilinadi.

Video murojaatda katta leytenant Otabayev keltirilgan aytib o‘tilgan vaziyatlar uchun fakt va dalillari borligini, shu vaziyat sababli ishdan bo‘shatishadigan bo‘lsa, qo‘rqmasligini, murojaatining huquqiy oqibatlariga tayyorligini, niyati kimnidir yomon otliq qilish emas, tizimdagi muammolarni olib chiqish orqali Ichki Ishlar xodimdarining ijtimoiy mehnat sharoitlarini yaxshilashga harakat qilishdan iborat ekanligini takidlab o‘tgan.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yuqoridagi vaziyat bo‘yicha holatni nazoratga olib, murojaatda sanab o‘tilgan muammolar yuzasidan tegishli tekshiruvlar o‘tkazib, nafaqat Namangan shahri yoki Quva tumani, balki butun Respublika bo‘yicha Ichki Ishlar xodimlarining ijtimoiy xizmat faoliyati yaxshilanishi uchun tegishli choralarni ko‘rishi, shuningdek, vaziyat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosovdan munosabat kutib qolishi ma’lum qilingan.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Baynalminal MFY profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Nozimjon Nishonov Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga videomurojaat bilan chiqqani haqida xabar berilgandi.

Ko‘p o‘tmay IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov ushbu holatga munosabat bildirib, IIO sobiq xodimi N.Nishonov tomonidan Quva tumani IIB rahbariyatining noqonuniy harakatlari bo‘yicha tarqatayotgan vajlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilib, holatga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati IIB «Profilaktika inspektori» videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring