Politsiya Maradonaning o‘limida hamshiradan gumon qilmoqda
Argentina huquqni muhofaza qilish organlari afsonaviy futbolchi Diyego Maradonani davolashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan sovuqqonlik bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda 27-noyabr kuni «Todo Noticias» telekanali xabar berdi.
Futbolchi vafot etgan kuni ertalab soat 6:30 da navbatchilikni qabul qilib olgan hamshiraning ko‘rsatmasi tergovchilarda shubha uyg‘otgan. Aniqlanishicha, u Maradonani uyg‘otib, dori berishi kerak bo‘lsa-da, bunday qilmagan. Hamshira ertalab soat 11 larda Maradonaning yoniga psixolog va psixiatr kelgandagina uning xonasiga kirgan.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Maradona kuniga sakkiztacha habdori qabul qilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamshiraning ana shu dorilardan birini ertalab unga nima uchun bermaganligini aniqlashga urinmoqda.
Shuningdek, tergov jarayonida futbolchining qonida alkogol yoki zaharli moddalar borligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi.
Vafot etgan futbolchining advokati Matias Morla 26-noyabr kuni ko‘rsatilgan yordamning kechiktirilishiga gumon qilgani uchun Maradonaning o‘lim holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Morla «Tez yordam» mashinasi 30 daqiqadan ortiq yo‘l bosganini aytib, buni «jinoiy tentaklik» deb atadi.
60 yoshli sobiq futbolchining yurak xurujidan vafot etgani 25-noyabr kuni kechasi ma’lum bo‘ldi. Maradona Buenos-Ayresdan uzoq bo‘lmagan Tigre shahridagi uyida operatsiyadan so‘ng reabilitatsiyani o‘tayotgandi. Afsonaviy futbolchining o‘limi munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter