Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poraga ters qaragan tuman IIB rahbarlariga pul mukofotlari berildi

Poraga ters qaragan tuman IIB rahbarlariga pul mukofotlari berildi

Foto: «The Nation»

Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 5-9-avgust kunlari Qoraqalpog‘istonda o‘rganish olib borgani haqida xabar bergan edik.

9-avgust kuni Nukus shahrida Ichki ishlar vaziri raisligida hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarning yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda o‘zining bilim saviyasi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, fuqarolarning huquq va manfatlarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash yo‘lida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlar ham alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, o‘zlariga pora taklif etilgani holatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berib, ichki ishlar organi xodimining qasamyodiga sodiq qolgan Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari P.Iskenderov va Ellikqal’a tumani IIB tezkor vakili J.Mambetov vazir tomonidan rag‘batlantirilib, ularga pul mukofotlari topshirildi.

Yig‘ilish yakunida Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ichki ishlar organlari xodimlarining bilim saviyasi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan manzilli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, barcha shaxsiy tarkibni qayta tayyorlash hamda fuqarolar bilan ishlashda muomala madaniyatining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish, har bir holatga tezkor, xolisona va qonuniy yondashuvni ta’minlash, xodimlarning kundalik faoliyatini «xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etish, tizim sha’niga dog‘ tushiruvchi holatlarining oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risida aniq topshiriqlar berdi.

Ishchi guruhi tomonidan respublikaning keyingi viloyatida o‘tkaziladigan o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring