Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Toshkentdagi muhim ko‘chalardan birida yo‘l ta’miri sababli harakat cheklanadi. 

Shota Rustaveli ko‘chasini ta’mirlash ishlari doirasida  26-sentyabr soat 17:00 dan 29-sentyabr soat 07:00 gacha ko‘chaning Janubiy vokzal – Sergeli ("O‘zgarish" ko‘prigi) yo‘nalishida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. 

"Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz",deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shota Rustaveli ko‘chasi katta ta’mirlashdan so‘ng, ochilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring