Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident chang ob-havo haqida: «Raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, pala-partish ishlar...»

Prezident chang ob-havo haqida: «Raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, pala-partish ishlar...»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida chang ob-havoga to‘xtalib, bundan buyon ekilgan daraxtlar haqida hokimlar nafaqat Prezident va Senatga, balki xalqqa ham hisobot berishini ta’kidlab o‘tdi.

«Viloyat, tuman va shahar hokimlari uch kun muddatda «Yashil makon» dasturi bo‘yicha o‘zining hududida xalqqa murojaat qiladi, Prezident va Senatga qilingan ishlar haqida har oyda hisobot beradi.

Shunday qilsak qo‘shib yozish, raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish va pala-partish qilingan ishlar o‘z-o‘zidan bilinib qoladi», — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Surxondaryo, Sirdaryo (1 foizdan) va Xorazm (2 foiz) viloyatlarida daraxt ekish reja ko‘rsatkichlaridan ancha ortda qolmoqda.

«Shuningdek, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Do‘stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G‘uzor, Kitob tumanlarida ko‘chat ekish ishlari haligacha boshlanmagan.

Ushbu tuman hokimlariga qat’iy ogohlantiriladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, vazirlik, tarmoq va korxona rahbarlari daraxt ekilishi bo‘yicha o‘z rejalarini bajarilishiga javob beradi.

«Bizning, farzandlarimizning kelajagi shunga bog‘liq. Oldimizda boshqa yo‘l yo‘q. Yo daraxt ekamiz, yoki ekologiya bundan ham yomon bo‘lib ketaveradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring