Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov ishdan olindi
![Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov ishdan olindi](https://xabar.uz/static/crop/3/4/920__95_3429525549.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Shoazim Minovarov o‘tgan yili may oyida Prezident maslahatchisi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter