Prezident Murojaatnomasi o‘z nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yangi yildan boshlab, siyosiy hayotimizda yana bir amaliyotni joriy etilishi aytib o‘tildi.
«Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bo‘lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, Bosh vazir va hukumat a’zolari, amalga oshirilgan ishlar haqida, Senat va Qonunchilik palatasi oldida, har chorakda hisobot berib boradi», dedi Prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi yakunida O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.
Shuning bilan 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter