Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Oliy ta’limni rivojlantirish haqida farmon imzoladi. 50 foizdan oshiq yoshlar oliy ta’lim oladi

Prezident Oliy ta’limni rivojlantirish haqida farmon imzoladi. 50 foizdan oshiq yoshlar oliy ta’lim oladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi haqida farmon imzoladi. Unga ko‘ra, 2030-yilga qadar vazifalar belgilab olingan.

Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrab olinishi 50 foizdan oshishi lozim. Buning uchun oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshib, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirilishi kutilmoqda.

Shuningdek respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan.

Farmonning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring