Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori ijrosini ta’minlash uchun AKT vazirligi delegatsiyasi Hindistonga bordi

Prezident qarori ijrosini ta’minlash uchun AKT vazirligi delegatsiyasi Hindistonga bordi

Foto: «mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov boshchiligidagi AKT vazirligi delegatsiyasi Hindistonga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifning asosiy maqsadi Amiti universitetining Noida (Hindiston) shahrida joylashgan amaldagi kampusi bilan yaqindan tanishish va hamkorlikdagi «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashdan iborat. Ushbu «Yo‘l xaritasi»da Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish bo‘yicha harakatlar qadamba-qadam aks ettirilgan. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt (idrok) va menejment sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

Hindiston tomoni O‘zbekiston Respublikasi bilan kelgusida ham samarali hamkorlik qilish bo‘yicha qat’iy nuqtai nazarini bildirdi.

Ushbu universitetda o‘quv jarayoni joriy yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring