Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori. Virtual terminallar oddiy to‘lov terminallariga tenglashtiriladi

Prezident qarori. Virtual terminallar oddiy to‘lov terminallariga tenglashtiriladi

Foto: «ua.today»

«Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Мамлакатда электрон тижоратни ривожлантириш учун қулай шарт-шароитлар яратиш, товарлар (хизматлар)ни Интернет тармоғи орқали реализация қилиш учун замонавий механизм ва тартиб-таомилларни жорий қилиш, маҳаллий тадбиркорлик субъектлари маҳсулотларини экспорт қилиш географиясини кенгайтириш ва ҳажмини ошириш мақсадидаQaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin;
  • elektron tijorat sub’yektlari korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar;
  • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarni eksport qilish pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;
  • virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring