Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarini tanqid qildi

Prezident Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda tadbirkorlik bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida olib borilgan ishlarni keskin tanqid qildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Salohiyati yuqori bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida kichik biznes ishlab chiqargan sanoat mahsulotlari hajmi aholi jon boshiga atigi 1,9 million so‘mga to‘g‘ri kelib, bu – respublika ko‘rsatkichidan 2 baravar past.

Qashqadaryoda aholi jon boshiga yillik xizmat ko‘rsatish hajmi, 3 million so‘mdan oshmagan yoki boshqalardan 2 baravar kam.

Ushbu viloyatda har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni atigi 4 ta, ularda ishlovchilar soni 16 nafardan iborat.

Navoiy viloyatidagi 7 mingdan ortiq tadbirkorlar (24 foiz) muammolar yechilmayotgani, ular faoliyatiga to‘sqinliklar bo‘layotgani haqida murojaat qilgan. Bu – hududlar ichida eng salbiy ko‘rsatkich.

Navoiydagi jami 10 ta kichik sanoat zonasining 72 gektar yoki 66 foiz yeriga birorta loyiha joylashtirilmagan, — dedi Prezident.

Shuningdek, yig‘ilish davomida davlat rahbari Navoiyda har bir kichik biznes sub’yekti tomonidan yiliga 1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, soliq tushumi 30 million so‘mni tashkil etganini ta’kidlab o‘tdi. Solishtirish uchun, Andijon, Jizzax va Samarqandda yiliga 2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqilgan bo‘lsa, 50 million so‘m soliq tushumi amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring