Prezident bugun Samarqandga boradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishiladi. Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Ozarbayjonga ikki kunlik davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter