Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev ta’limga bag‘ishlangan tadbirda  tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi.

«Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.

«Rayono» va «oblono» siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi «rayono» va «oblono» bo‘lishlaring kerak.

O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.

Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida «gorono»ga xo‘jayinlik qilishi kerak.

Biz eski tizimga moyillik qilamiz, «Rayono» nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga tizim o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.

Qachon qishloq xo‘jaligida ikki milliard dollarlik eksport bo‘lar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring