Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident sudyalar daxlsizligi va sud tizimida korrupsiyaning oldini olishga oid  farmonga imzo chekdi

Prezident sudyalar daxlsizligi va sud tizimida korrupsiyaning oldini olishga oid  farmonga imzo chekdi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

Unda sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan to‘ldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga oid chora-tabdirlar tartibga solinadi.

Farmonga ko‘ra:

  • sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha kasbiy faoliyatini har qanday ko‘rinishdagi tashqi ta’sirlardan samarali muhofaza qilishni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish;
  • sudyalikka kadrlarni tanlash,tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish;
  • sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlariningoldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yo‘lga qo‘yish hamda sud tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash;
  • sudyalarning kasbiy malakasi, ma’naviyati va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirish kabi masalalar Sudyalar mustaqilligini ta’minlash va sud tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring