Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident teatr, kino va konsert tadbirlarini tashkil etishga e’tibor qaratdi

Prezident teatr, kino va konsert tadbirlarini tashkil etishga e’tibor qaratdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida televideniye va radioda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘paytirish haqida topshiriq berildi. Shuningdek ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

– Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz. Men bunga qat’iy ishonaman, – deya ta’kidladi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring