Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Prezident Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish bejizga Toshkent viloyatida o‘tkazilmayotgani, hududdagi iqtisodiy natijalar Toshkent viloyatining haqiqiy salohiyatiga mos kelmasligi ta’kidlandi.

«Mahallabay» ishlash tizimini yo‘lga qo‘yib, alohida dasturlar ishlab chiqilgani hisobiga mamlakatimizda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi.

Bu bir yarim yilning o‘zida 3 million aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi, 1,5 million aholi esa kambag‘allikdan qutildi, degani.

Umuman, respublikamizdagi 347 ta mahalla kambag‘allikdan xoli, yana 1,5 mingga yaqin mahalla esa ishsizlik bo‘lmagan hududga aylandi.

«Vazirlar va hokimlar bir narsani aniq tushunib olishi zarur. Kambag‘allikni qisqartirish bitta vazirlik yoki agentlikning ishi emas, aholiga faqatgina moddiy yordam yoki kredit berishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.

Buning uchun, eng avvalo, hududlarda infratuzilma bo‘lishi, bu orqali ishlab chiqarish va xizmatlar rivojlanishi kerak», - dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring