Prezident yangi qaror qabul qildi
![Prezident yangi qaror qabul qildi](https://xabar.uz/static/crop/3/1/920__95_3173939317.jpg)
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan «ochiq muloqot» davomida berilgan topshiriqlar ijrosi — navbatdagi qaror imzolandi.
Prezidentning «Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun quyidagi imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutilmoqda:
2020-yil 1-oktyabr holatiga maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozi qayta tiklanmoqda;
2021-yil 15-sentyabrdan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga o‘z ehtiyojlari uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar import qilishda QQS va bojxona bojlarini ta’minotsiz va foizsiz 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilmoqda;
QQS bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha to‘lovlarni soddalashtirilgan tartibda 7 kun ichida qaytarish tizimi joriy etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter