Prokuratura 13 yoshli qiz bilan sodir bo‘lgan noxush holat yuzasidan jinoiy ish ochdi
Ijtimoiy tarmoqda Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura holat bo‘yicha ma’lumot berib, holat yuzasidan 30 noyabr kuni JKning 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini qayd etdi.
Unga ko‘ra, 18 yoshli yigit gumondor sifatida tergovga jalb qilingan.
«Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter