Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Shahrisabzdagi mudhish hodisa bo‘yicha tergovni boshladi

Prokuratura Shahrisabzdagi mudhish hodisa bo‘yicha tergovni boshladi

Foto: Xabar.uz

24 noyabr kuni Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi voyaga yetmagan Ch.T. ning murojaati kelib tushgan.

Qayd etilishicha, 2009 yilda tug‘ilgan bu qizaloqni 2023 yilning may oyidan 15 noyabr kuniga qadar Shahrisabz tumani, Xo‘jabog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.A. o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni zudlik bilan o‘rganish va voyaga yetmagan Ch.T.ga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarga qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risida Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.

«Viloyat prokuraturasi shu kunni o‘zida hodisani o‘rgandi. Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan (Odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov guruhi tuzildi va tezkor ravishda tergov harakatlariga kirishildi.

Bolalarga nisbatan bunday mudhish jinoyatni sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura va Bolalar ombudsmanining alohida nazoratida.

Bu og‘ir jinoyatning qurboni bo‘lgan bolaning manfaatlari to‘liq ravishda ta’minlanadi.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring