Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura xodimiga pora berganlar ushlandi

Prokuratura xodimiga pora berganlar ushlandi

G‘uzor tuman prokurori B.Suyunov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, «Sherali» QFYda o‘tkazilgan tekshirish bo‘yicha QFY raisi F.Yo. unga nisbatan yengillik ko‘rsatilishini so‘rab, evaziga 100 AQSh dollari pora taklif qilayotganini bildirgan.

Bildirgiga asosan, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan 20-sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda F.Yo. tuman prokurori B.Suyunovga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro N.M. Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tezkor sho‘’basi katta inspektori I.Mashrapovga YaTT Sh.Usmonovaga tegishli muzqaymoq saqlovchi korxonaga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni Toshkent shahrida joylashgan «ASIA ENERGOMERA» MChJga laboratoriya tekshiruviga yubormaslik hamda hisoblagichga ta’sir ko‘rsatganlik holati bo‘yicha xulosa olmaslik evaziga 300 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, fuqaro A.Yu. umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 16 sotix yer maydonida issiqxona qurgani holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l tuman bo‘limi tezkor sho‘’basi inspektori J.Aslonovning xizmat xonasida unga 400 AQSh dollari bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holat, «Namangandonmahsulotlari» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha «Hamkor qurilish servis» MChJ rahbari E.M. aniqlangan 12,3 mln. so‘m zararni yopib berish hamda jinoyat ishi bo‘yicha unga nisbatan qismini tugatish evaziga Namangan viloyat prokuraturasi tergovchisi X.Umirzaqovga 300 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring