Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Propiska bo‘yicha yangilik

Propiska bo‘yicha yangilik

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha parlament quyi palatasiga kiritilgan. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Ma’lumki, qonunchilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan ushbu hududlarda yashash hamda ishga joylashish bilan bog‘liq qator cheklovlar mavjud. Unga rioya etmaslik fuqarolar va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, pasport olishning belgilangan muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun voyaga yetmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi.

Xodimlarning mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganligi uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi.

Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun fuqarolarning javobgarligi yengillashtiriladi.

Fuqarolarning o‘z turar joylarida vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslarning yashab turishiga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinyapti. Mana shu norma yaxshi bo‘libdi.

Shuningdek, loyihada Mehnat kodeksining 80-moddasiga ham o‘zgartish kiritiladi. Yangi tartibga muvofiq, ish beruvchi ishga kirayotgan shaxs doimiy yoki vaqtincha propiskasiz bo‘lsa yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan bo‘lsa ishga qabul qilishni rad etishi mumkin emas.

Qonun loyihasi qabul qilinishi yoki rad qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring