Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Propiska qilish uchun «forma-4-5»lar bekor qilindi

Propiska qilish uchun «forma-4-5»lar bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan shaxslarning aksariyati Shakl-4, Shakl-5 hisob varaqalari (xonadon varaqalari) asosida ma’lumotnoma olish va shu asosda doimiy propiska qilish uchun tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi va bu uzundan-uzoq navbatlarning hosil bo‘lishiga olib kelmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari tomonidan ko‘p qavatli uylar uchun joriy qilingan, eski tizimdan qolib ketgan Shakl-4, Shakl-5 hisob varaqalarining yuritilishini bekor qilish va uning o‘rniga «uy daftarlari»ni yuritish tavsiya etiladi.

«Uy daftari»ning afzalligi!

«Uy daftari» Shakl-4,-5dan farqli o‘laroq, fuqaroning o‘zida saqlanadi va gaz, elektr, suv, isitish kabi xizmatlarga ma’lumot olish uchun IIOga qayta-qayta murojaat qilishga ehtiyoj qoldirmaydi. «Uy daftari»da xonadonda ro‘yxatga olingan fuqarolarga tegishli barcha ma’lumotlar qayd etiladi.

«Uy daftari»ni qanday olish mumkin?

Siz «uy daftari»ni kitob va matbuot rastalaridan xarid qilib, yashash joyingizdagi mahalla fuqarolar yig‘inida uni rasmiylashtirasiz. Shundan so‘ng, tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga shu manzilda yashovchi oilaning barcha a’zolari pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga taqdim etasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring