Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin AQSh rahbariyatini jiddiy ogohlantirdi

Putin AQSh rahbariyatini jiddiy ogohlantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-dekabr kuni AQSh rahbari Jo Bayden bilan telefon orqali muloqoti o‘tkazdi. RF yetakchisi suhbat chog‘ida AQSh liderini aloqalar butunlay uzilishi ehtimolidan jiddiy ogohlantirgan.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda gap boradi.

Jo Bayden Rossiya va AQShning Yevropa va dunyoda barqarorlikni ta’minlash uchun alohida mas’uliyatini ta’kidlab, Vashingtonning Ukrainada hujumkor zarba qurollarini joylashtirish niyati yo‘qligini aytgan. Shu bilan birga, u Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etish varianti ko‘rib chiqilayotganini ham ta’kidladi.

Putin bunga javoban sanksiyalar jiddiy xato bo‘lishini, bu Rossiya-Amerika munosabatlarining butunlay uzilishiga olib kelishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plashi jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. G‘arb ruslarni urushga tayyorgarlikda ayblasa, Rossiya tomoni NATOning kengayishi fonida o‘z sarhadlarini himoya qilishini ro‘kach qilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring