Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin endi Armanistonga bora olmaydi

Putin endi Armanistonga bora olmaydi

Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

«Hukumat Rim statutini parlamentga yubordi. Rim statuti mening pozitsiyamga ko‘ra va parlamentdagi hamkasblarimizning ko‘magi bilan to‘liq ratifikatsiya qilinadi. Bu esa Armaniston-Rossiya munosabatlariga bog‘liq emas, bu Armanistonning xavfsizligi bilan bog‘liq», – degan bosh vazir.

Ma’lumot uchun, hujjatning ratifikatsiya qilinishi Armanistonni Xalqaro jinoiy sud qarorlarini bajarishga majbur qiladi.

Xalqaro jinoiy sud o‘tgan yili Putinni hibsga olish uchun order chiqargan edi.

Endilikda, xalqaro normalarga ko‘ra, Rossiya prezidenti Armanistonga tashrif buyursa, arman hukumati uni Gaaga sudiga topshirishi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring