Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeI Armanistonga 34 mln yevro tezkor yordam ajratdi

YeI Armanistonga 34 mln yevro tezkor yordam ajratdi

Foto: Armenian News

Yevropa Komissiyasi tezkor ravishda Armanistonga 34 million yevro ajratdi.

Ushbu mablag‘lar Rossiya tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, alkogol va boshqa tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlarning ta’sirini yumshatishga mo‘ljallangan, deyiladi Yevropa Ittifoqining Armanistondagi delegatsiyasi bayonotida.

​Bu Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen tomonidan Bosh vazir Nikol Pashinyanga telefon orqali suhbatda va’da qilingan Armanistonga yordamning birinchi transhlaridan biridir.«Yevropa Ittifoqi va Armaniston biznes aloqalarini mustahkamlash va arman ishlab chiqaruvchilari uchun bozorga kirishni kengaytirish uchun birgalikda ishlashda davom etadilar», deyiladi bayonotda.

​17-iyun kuni Financial Times nashri Yevropa Komissiyasi Rossiyaga arman mahsulotlarini yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlar tufayli Armanistonga favqulodda yordam tayyorlayotgani haqida xabar berdi.

May oyi oxiri va iyun oyi boshida Rosselxoznadzor ko‘plab arman tovarlariga import taqiqlarini joriy qildi. Mahsulotlarning YeOIIning boshqa mamlakatlariga tranziti ham to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring