Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin, Aliyev va Lukashenko O‘zbekiston prezidentini tabrikladilar

Putin, Aliyev va Lukashenko O‘zbekiston prezidentini tabrikladilar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildilar.

Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar joriy yil 21-22-iyun kunlari mamlakatimizda o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholadilar.

O‘zbekiston-Ozarbayjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi Prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bundan tashqari davlatimiz rahbari Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muloqot o‘tkazdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring