Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ukrainada qancha rus askari jang qilayotganini aytdi

Putin Ukrainada qancha rus askari jang qilayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushda jang qilayotgan rus qo‘shinlarining sonini ma’lum qildi. Bu haqda Telegramdagi “Zvezda” telekanali sahifasi xabar berdi

Jang zonasida 700 mingdan ortiq askar va zobitlar bor, deydi Rossiya rahbari Davlat Dumasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda. 

18-sentyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining qo‘shma guruhiga qo‘mondonlik qilayotgan Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning vakolat muddati besh yilga uzaytirilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Rossiya tomoni Ukraina urushi boshlangan 2022-yil 24-fevraldan buyon milliondan oshiq yo‘qotishga uchragani ta’kidlab kelinadi. Ammo rasmiy Moskva yo‘qotishlar haqida hanuzgacha ma’lumot bergani yo‘q.

Tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya katta yo‘qotishlarga uchrayotgani haqida gapirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring