Qarshi tumaniga ham ayol hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani kengashi deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mustafoyeva Maqsuda Sayfullayevna Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hokim G‘.Begaliyev so‘kong‘ichligi sabab ishdan olingan Baxtiyor Rajabov o‘rniga Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangan.
Bugun, shuningdek, Sadbarxon Mamitova Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga hokim etib tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter