Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo va Xorazm hokimlari qattiq ogohlantirildi

Qashqadaryo va Xorazm hokimlari qattiq ogohlantirildi

Bugun, 27-iyul kuni Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda hududlarni obodonlashtirish, arxitektura qiyofasini yaxshilash ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan turar va noturar joylarni buzish ishlarini tashkil etishda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni barataraf qilish masalalari ko‘rilgan.

Xabar.uz manbasining xabar berishicha, yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi. Prezidentning tadbirkorlar mol-mulki daxlsizligi va uni buzish hamda ularga zarar yetkazishni qat’iy taqiqlash bo‘yicha bergan topshirig‘ini buzgani uchun Urganch shahar hokimi (Abdullayev), shahar prokurori (Davlatov)ga hayfsan e’lon qilingan.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun qattiq ogohlantirilgan.

Bosh vazirning aytishicha, turar va noturar joylarning buzilishi bilan bog‘liq masalalarni shaxsan O‘zbekiston Prezidenti nazoratga olgan.

Bugun Yakkabog‘ tumani hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayev o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

2019-yil 20-iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev «Hisor Sarlochin» MChJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, M.T.ning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgandi.

Biroz avvalroq esa Yakkabog‘lik tadbirkor, tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga benzin sepib yoqib yuborgan Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmasligi ma’lum qilingan edi.

Kecha esa Xorazmda uyi buzilgan va uysiz yashayotgan aholi hokimlikka qarshi namoyish o‘tkazgan. Viloyat hokimi esa ular bilan muzokara o‘tkazib, tovon puli to‘lanishini aytgan.

Keyinroq esa norozi aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun Bosh vazir ham borgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring