Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda fuqarolar o‘zaro mushtlashdi, bir kishi og‘ir yaralangan

Qashqadaryoda fuqarolar o‘zaro mushtlashdi, bir kishi og‘ir yaralangan

Videodan kadr.

Ijtimoiy tarmoqda fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotganligi tasvirlari tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, 11-noyabr kuni Chiroqchi tumani «Yangi Dam» MFYda fuqarolar X.S. va O‘.P.lar o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelganda, ularni ajratishga borgan fuqaro B.J.ni fuqaro O‘.P. o‘tkir tig‘li jism bilan hech bir sababsiz chap biqin sohasiga bir marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye,l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.P. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi O‘.P.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda Chiroqchi tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring