Qashqadaryodagi suv omboridan katta miqdorda suv otilib chiqqani aytildi
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan Hisorak suv omborida katta miqdorda suv otilib chiqayotgani videolari tarqaldi.
Xabar.uz o‘quvchilarining ma’lum qilishicha, suv omborida yaqinida joylashgan Miraki shaharchasida vaziyat hozircha barqaror. Lekin suv to‘g‘onidan katta miqdorda suv chiqmoqda. U Oqsuv daryosiga yo‘naltirilmoqda.
Manbalarimizdan birining aytishicha, viloyat rahbariyati suv ombori hududiga kelgan.
Viloyat hokimligi, FVV va boshqa idoralar hozircha rasmiy izoh berganicha yo‘q. Xabar.uzning rasmiy tuzilmalardagi manbasiga ko‘ra, tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter