Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar Isroil hujumiga javob tayyorlayapti

Qatar Isroil hujumiga javob tayyorlayapti

Qatar Isroilning Dohaga bergan zarbalariga qonuniy javob tayyorlayotganini e’lon qildi.

Qatar o‘z suverenitetining buzilishiga toqat qilmaydi va Doha o‘qqa tutilganidan keyin Isroilga qonuniy javob berish ustida ishlay boshlagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Al Taniy ma’lum qildi.

«Qatar Isroilga javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi va uning suverenitetining buzilishiga toqat qilmaydi», — dedi u.

Al Taniyning so‘zlariga ko‘ra, Qatar Isroil agressiyasiga javob berish va kelajakdagi hujumlarning oldini olish uchun har tomonlama yondashadi.

Rasmiylar, shuningdek, Isroil hujumiga javoban qonuniy choralar ko‘radigan guruh tuzmoqda.

9-sentyabr kuni Dohada bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Bunga Falastinning HAMAS harakati shtab-kvartirasiga SAXALning hujumi sabab bo‘lgan. Netanyahu idorasi mamlakat HAMAS yetakchilariga qarshi operatsiya boshlaganini va amalga oshirganini, buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring