Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda elektrobus ishlab chiqarishi mumkin

Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda elektrobus ishlab chiqarishi mumkin

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirish hamda elektrobus zavodi tashkil etishni rejalashtiryapti.

Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xzmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 20-21 avgust kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Dohada Qatarning davlat va biznes sektori vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar investitsiya va tashqi savdo blokiga mas’ul vazirlar hamda Qatar Pharma, Tamam International, Almana Group, Ariane Real Estate, Retaj Group, Al Mansour Group, Petro White, Qatar Mining, Global Infrastructure Partners, Qatar Investment Authority va Al Jabor Trading kabi yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomoni energetika, farmatsevtika, mashinasozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, turizm yo‘nalishlarida investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi. Investitsion muhitning amaliy jihatlari – kapitalni himoya qilish kafolatlari, soliq va bojxona imtiyozlari, strategik loyihalar uchun maxsus sharoitlar – batafsil tushuntirib berildi.

Muzokaralar yakunida farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirish hamda elektrobus zavodi tashkil etishdan tashqari, qurilish va ko‘chmas mulk sohalarida loyihalarni amalga oshirish, «aqlli» shahar hududlarini rivojlantirish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash yo‘nalishlarida, shuningdek, turizm infratuzilmasi va mehmonxona biznesiga investitsiyalar kiritishga kelishildi. Shuningdek, tomonlar Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash, 2026 yilda Dohada «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasini o‘tkazish hamda «O‘zbekiston – Qatar» Biznes kengashini tashkil etishga kelishib oldilar.

Erishilgan kelishuvlar tomonlarning strategik hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro tayyorligini ko‘rsatib, yuqori darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida tasdiqlanadigan yangi qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirishga zamin yaratdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring