Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Joriy yil 23-29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli bor.

«Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring