Qaynona-kelin janjalidan 23 kunlik chaqaloq jabr ko‘rdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Oilaviy janjal oqibatida go‘dak bolaga qaynoq suv to‘kildi» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. (1999 yilda tug‘ilgan ayol) qaynonasi M.X (1966 yilda tug‘ilgan) bilan oilaviy o‘zaro janjal yuzaga kelgan va ayol keliniga qarata ichida issiq suv bo‘lgan termosni otgan, buning oqibatida onaning qo‘lida bo‘lgan 23 kunlik chaqaloqning oyoq va qo‘l qismi kuygan. Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilishi ta’minlangan.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Shuningdek, holat yuzasidan nizo davom etishini oldini olish maqsadida X.M ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qo‘yilgan cheklovlar oila a’zolariga tushuntirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter