Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda «Mayning ferma» fosh etildi

Qibrayda «Mayning ferma» fosh etildi

Qibray tumanida 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan «Mayning ferma» fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi,  DXX, IIB va «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida  o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Qibray tumani, Taraqqiy MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda «Avalon» rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring