Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi

Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi

Majburiy ijro byurosining Beshariq tumani  bo‘limi ish yurituvida qarzdor «BR» MChJdan Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 6 milliard so‘m undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

Ijro harakatlari davomida qarzdor korxona balansida bo‘lgan «Nexia 3» rusumli, davlat raqami 40 *129** bo‘lgan avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan edi.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida mazkur avtomashina qarzdor tomonidan davlat raqami noqonuniy ravishda 40 * 732** ga almashtirilib, yo‘llarda harakatlanib yurgani aniqlandi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda va ijro harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring