Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi bergan xabarga ko‘ra, bugun, 1-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 09:35 (Grinvich bo‘yicha 04:35)da Qirg‘izistonda 3,7 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila 40,05 gradus shimoliy kenglik, 72,66 gradus sharqiy uzunlikda va 15 km chuqurlikda joylashgan. Epimarkazi Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida – Andijonning Marhamat (61 km.), Buloqboshi (63 km.) va Xo‘jaobod (66 km.) tumanilarda hamda Farg‘onaning Quvasoy (64 km.) shahrida 2 ball kuchlanishda sezilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring