Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi

Illyustrativ foto

«Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;
  • qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini «yagona nuqta»ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.

2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.

Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning «yagona nuqtasi» sifatida e’tirof etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring