Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunni hatlab baliq ovlagan vazir jarimaga tortilishi mumkin

Qonunni hatlab baliq ovlagan vazir jarimaga tortilishi mumkin

Foto: Sky News

Britaniya tashqi ishlar vaziri qonunni buzib baliq ovlagani uchun jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar berdi Sky News.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens tegishli litsenziyasiz baliq ovlashga borishgan. Qonunni hatlab o‘tganini payqagan vazirning o‘zi bu haqda Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga xabar bergan (respekt).

Angliya va Uelsda chuchuk suvlarda baliq tutish uchun 13 yoshda ruxsatnoma olish shart. Shu hujjatsiz baliq tutganlarga 2 500 funt sterlinggacha jarima solinadi.

«Kentdagi qarorgoh hududidagi ovda Lemmining qarmog‘iga bironta ham baliq ilinmadi», deb qo‘shimcha qildi telekanal.

Yaqinda chexiyalik ovchi uch metrli laqqa tutgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring