Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda do‘kondan pul va boshqa buyumlarni o‘g‘irlagan 2 nafar shaxs ushlandi

Qo‘qonda do‘kondan pul va boshqa buyumlarni o‘g‘irlagan 2 nafar shaxs ushlandi

Qo‘qon shahrida savdo do‘konidan 300 AQSh dollari, 400.000 so‘m pul, 1 dona narxi 2.500.000 so‘mlik tillo uzugi va qiymati 650.000 so‘mlik tamaki mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar. Q.O‘ ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 11 yanvar kuni noma’lum shaxs Istiqlol ko‘chasida joylashgan savdo shoxobchasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konidan 300 AQSh dollari, 400.000 so‘m pullari, 1 dona narxi 2.500.000 so‘mlik tillo uzugi va qiymati 650.000 so‘mlik tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S va T.I.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring