Qora dengiz sohilida 10 ta delfin o‘lik holda topildi
Shu yilning 15 dekabridan 22 dekabrigacha ekologlar Qora dengiz sohillarida 10ta Azov delfinini o‘lik holda topdilar. Ularning nobud bo‘lishiga dengizga mazutning to‘kilishi sabab qilinmoqda.
Krasnodar o‘lkasida Qora dengizga neft oqishi oqibatida Azov delfinlari ommaviy ravishda nobud bo‘lmoqda.
18 dekabr kuni Anapa shahri qirg‘og‘ida halok bo‘lgan birinchi delfin ekologlar tomonidan topilgan edi. Keyinchalik ko‘ngillilar yangi holatlar haqida xabar berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Kerch bo‘g‘ozida bo‘ron tufayli jami 9,2 ming tonna neft olib ketayotgan «Volgoneft-212» va «Volgoneft-239» tankerlari halokatga uchragach, Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlariga mazut oqib ketdi.
Krasnodar o‘lkasining Temryuk va Anapa tumanlaridagi plyajlarda mazut dog‘lari paydo bo‘ldi. Anapada favqulodda holat e’lon qilindi.
Rasmiylar va ko‘ngillilar qirg‘oqlarni mazutdan tozalashmoqda. Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratevning so‘zlariga ko‘ra, bu bir oydan ko‘p vaqtni talab qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter