Nukusda 4 nafar huquq-tartibot organlari xodimi halok bo‘lgan
Qoraqalpog‘istonda 14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Bu haqda Milliy gvardiya qo‘mondoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendanti Rustam Jo‘rayev brifingda ma’lum qilgan.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar paytida 14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyda vafot etgan, ulardan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan. 4 nafar halok bo‘lgan shaxslar xizmat burchini bajargan huquq-tartibot organlari xodimlaridir.
Bosh prokuratura avval 18 nafar qurbon bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter