Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston prezidenti sifatida qasamyod qildi
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qildi.
19 mart sanasida Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanini rasman ma’lum qilgan edi. Davlat rahbari vazifasini vaqtincha bajaradigan Qosim-Jomart Tokayev bugun, 20 mart sanasida qasamyod qildi.
Qasamyod qilish vaqtida Tokayev o‘ng qo‘lini Qozog‘iston respublikasi konstitutsiyasi ustiga qo‘ygan va davlat tilida qasamyod matnini tilga olgan:
— Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy amal qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida zimmamga yuklatilgan yuqori talabni sidqidildan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman, — deydi Tokayev.
Qozog‘iston respublikasining yangi prezidenti shundan so‘ng davlat bayrog‘i yoniga kelgan va uni o‘pgan. Konstitutsiyaga ko‘ra shundan so‘ng davlat rahbari Qozog‘iston respublikasi konstitutsiyasining kafiliga aylanadi.
Tantanali marosimda Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev ham ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter