Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliqda bozorchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Qo‘yliqda bozorchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘yliqdagi dehqon va ulgurji bozor yaqinida joylashgan avtomobil yo‘lidagi harakatni odamlar to‘xtatib qo‘ygani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Videoga olayotgan shaxsning izohiga ko‘ra, odamlar yo‘l kengaytirilishi va yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan bozor buzilishga tushgani va bozorga kirish yopib qo‘yilganidan norozilik bildirib, yo‘lning qatnov qismiga to‘plangan.

Avvalroq, 7 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi haqida xabar ma’lum qilingandi.

Bugun ertalab esa bozor Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani, Mehnatobod ko‘chasida joylashgan hududga ko‘chirilishi aytildi. Bu yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo bozorlari uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar allaqachon qurilgan bo‘lib, egalari chakana savdo maydonchalarini ijaraga berilayotgani haqida xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring