Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezd relslardan chiqib ketdi (video)

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezd relslardan chiqib ketdi (video)

Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘lovchi poyezdining bir nechta vagoni relslardan chiqib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat IIVning favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xodimi Ruslan Iminqulovga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangan. Bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yonboshlab qolgan vagondan yo‘lovchilarning tashqariga chiqishlarini ko‘rish mumkin. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, poyezd Ostona-Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring