Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi mudhish avtohalokatda 10 kishi qurbon bo‘ldi

Qozog‘istondagi mudhish avtohalokatda 10 kishi qurbon bo‘ldi

Qozog‘istonning Mangistau viloyatidagi yirik avtohalokat: o‘n kishi halok bo‘ldi

Hodisa 11 sentyabr kuni Qoraqiya tumani Senek qishlog‘idan 90 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. 

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Toyota Hiase mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus ariqga ag‘darilib ketgan. 

Sakkiz kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Haydovchi va ikki yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Politsiya jinoiy ish qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari olib borilmoqda, zarur ekspertiza tayinlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgalar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Ularning barchasi qozog‘istonlik ekani aytilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring