Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegarasi yaqinida mojaro sodir bo‘ldi, qurbonlar bor (video)

Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegarasi yaqinida mojaro sodir bo‘ldi, qurbonlar bor (video)

Foto:«Lada.kz»

Qozog‘iston internet segmentida Jambul viloyati, Masanchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan mojarolar videolari tarqaldi. Ushbu hudud qo‘shni Qirg‘iziston chegarasiga yaqin hisoblanadi. 

Nur.kz nashrining mahalliy politsiyaga asoslanib xabar qilishicha, ommaviy tartibsizliklar Korday tumanining Masanchi va Karakemer posyolkalarini qamrab olgan. Qurbonlar borligi aytilmoqda. 

Ayni paytda politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda, rasmiy ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev videobayonot bilan chiqqan. 

Unga ko‘ra, mazkur janjaldan provokatorlar foydalanishga urinishgan. Hozirda vaziyat Qozog‘iston milliy gvardiyasi va politsiya nazoratida. Aybdorlar topib jazolanishi va jabrdiydalarga yordam berilishi ko‘zda tutilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring