Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonning Taraz shahrida «Oqsoy» bozori yonib ketdi

Qozog‘istonning Taraz shahrida «Oqsoy» bozori yonib ketdi

Bugun Qozog‘istonning Taraz shahridagi «Oqsoy» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«20-yanvar kuni soat 13:22 da Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalariga Oqsoy bozori, alohida ikki qavatli uyning tomi yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi», — deyiladi xabarda.

Binoda iste’mol tovarlari, kiyim-kechak, o‘yinchoqlar sotiladigan chakana savdo do‘konlari joylashgan bo‘lib, ikkinchi qavatda mato va pardalar sotish bo‘limlari joylashgan.

Binoning birinchi qavatidan to‘rt kishi qutqarib olingan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 1500 kvadrat metrni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring