Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrim ko‘prigida birinchi yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi

Qrim ko‘prigida birinchi yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi

Foto:«Baltnews.ee»

Qrim ko‘prigida birinchi yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kunduzi ko‘prik ustida avtobus bilan yengil mashina to‘qnashib ketgan. Hodisaga yengil mashina haydovchisi oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan.

«Ko‘prik foydalanishga topshirilgandan so‘ng 16 sutka o‘tgach, bitta yo‘l-trasport hodisasi qayd etildi», – deyiladi xabarda.

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Transport harakati ham to‘xtatilmagan.

Avvalroq Qrimda uchta transportning to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring